![background image](/i/samsung/150620/samsung-dw50h4030fs/h/samsung-dw50h4030fs-170.png)
2_
Xavfsizlik ma’lumoti
XAVFSIZLIK MA'LUMOTINI O'QING VA UNGA AMAL QILING,
YO'RIQNOMANI SAQLAB QO'YING
Xavfsizlik ma’lumoti
Ushbu foydalanuvchi ma'lumotini diqqat qilib o'qing hamda keyinchalik foydalanish uchun
saqlab qo'ying. Uni jihozning keyingi egalariga ham bering.
Bu qo'llanmada Xavfsizlik yo'riqnomasi, Qism va xususiyatlar, O'rnatish va Nosozliklarni
bartaraf etish bo'limlari bor. Avval diqqat bilan o'qib chiqing, bu sizga idish yuvish mashinasini
tegishlicha ishlatish va saqlashda yordam beradi.
Mahsulotni muntazam rivojlantirish va yangilash tamoyiliga amal qilgan holda, ishlab chiqaruvchi bildirishsiz unga
o'zgartirishlar kiritishi mumkin.
OGOHLANTIRISH
: Idish yuvish mashinasidan foydalanayotganda quyidagi ehtiyot choralariga amal qiling:
VODOROD - PORTLAYDIGAN GAZ
Muayyan sharoitlarda, ikki hafta yoki undan ortiq ishlatilmagan qaynoq suvli tizimlarda vodorod hosil bo'lishi mumkin.
VODOROD - PORTLAYDIGAN GAZ. Agar qaynoq suv tizimi shuncha vaqt ishlatilmagan bo'lsa, mashinani ishlatishda avval
qaynoq suv kranlarini ochib yuboring hamda suv chiqib ketishini birnecha daqiqa kutib turing. Shunda yig'ilib qolgan vodorod
gazi chiqib ketadi. Gaz yonuvchan bo'lgani uchun, bu vaqt mobaynida chekmang yoki ochiq olovdan foydalanmang.
TO'G'RI ISHLATISH
• Mashinaning eshigi yoki tokchasiga o'tirmang, ustida turmang yoki boshqa maqsadda foydalanmang.
• Muhofaza panellari o'z joyiga o'rnatilmagunicha mashinani ishga tushirmang. Mashina ishlayotgan bo'lsa, eshikni o'ta
ehtiyotkorlik bilan oching. Suv sachrashi mumkin.
• Eshik ochiq turganida unga hech qanday og'ir buyum qo'ymang. Jihoz oldi tarafga egilishi mumkin.
• Yuviladigan narsalarni solayotganda:
-
O'tkir narsalarga ehtiyot bo'ling, ular eshikka shikast yetkazmasin;
-
Jarohatning oldini olish maqsadida o'tkir pichoqlarning sopini yuqoriga qilib soling;
• Ogohlantirish: pichoq va boshqa o'tkir narsalar uchini pastga qilib yoki gorizontal holatda savatga solinishi kerak.
• Yuvish sikli tugaganidan so'ng yuvish moddasi idishi bo'shligini tekshiring.
• Plastik narsalarni yuvmang, mashinada yuvish mumkin bo'lganlari bundan mustasno. Yuvish mumkinligini bildiruvchi belgisi
bo'lmaganlari uchun ishlab chiqaruvchining tavsiyalarini o'qing.
• Faqatgina avtomatik yuvish mashinasi uchun mo'ljallangan modda va chayuvchi qo'shimchalardan foydalaning. Mashinada
hech qachon sovun, kir yuvish vositasi yoki qo'lni yuvadigan vosita ishlatmang.
• Elektr ta'minotidan uzilish vositalarida barcha qutblardagi kontaktlar kamida 3 mm oraliqda ajratib qo'yilishi lozim.
• Bolalar yuvish va chayish vositasidan uzoqroq bo'lsin, eshik ochiq bo'lsa bolalar yaqinlashmasin, mashina ichida yuvish
vositasi qolgan bo'lishi mumkin.
• Yosh bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun ular nazorat ostida bo'lishlari kerak.
• Bu jihoz bolalar va zaif kishilarning undan nazoratsiz foydalanishi uchun mo'ljallanmagan.
• Idish yuvish vositalari yuqori ishqorli xususiyatga ega. Uni yutib yuborilsa, o'ta jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Teri va
ko'zga tushishidan ehtiyot bo'ling, eshigi ochiq paytida bolalarni yaqinlashtirmang.
• Eshik ochiq qoldirilmasligi lozim, aks holda jarohat olish xavfi vujudga keladi.
• Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat
ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
• O'rama materiallarini tegishli tarzda chiqitga chiqaring.
• Idish yuvish mashinasidan faqat mo'ljallangan maqsadda foydalaning.
• O'rnatish paytida elektrga ulash kabeli buklanishi yoki ezilishi mumkin emas.
• Boshqarish qismlarini ochmang.
• Jihozni suv kranlariga ulashda yangi shlanglarni ishlatish lozim, eski shlanglarni ishlatmang.
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 2
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 2
2014-07-14
3:37:02
2014-07-14
3:37:02