![background image](/i/samsung/150620/samsung-dw50h4030fs/h/samsung-dw50h4030fs-209.png)
Tozalash va qarov
_41
06 T
O
ZALASH V
A
P
ARV
ARISH
SEPKICHLARNI TOZALASH
Sepkichlarni muntazam ravishda tozalab turish kerak, chunki qattiq suvdagi ximikatlar sepkich
purkagichlari va ustunlarini qoplab olishi mumkin. O'rtadagi sepkichni olish uchun gaykani
ushlab, sepkichni soat yo'nalishida burab chiqaring. Pastki sepkichni olish uchun uni tepaga
tortib chiqaring. Sepkichlarni sovunli iliq suvda yuving, purkagichlarini yumshoq cho'tkada
tozalang. Ularni yaxshilab chaygandan so'ng joyiga qo'ying.
Ochish
ESHIKNI TOZALASH
Eshik chekkalarini tozalash uchun iliq, yumshoq va nam latta ishlatish lozim.
Eshik qulfi va elektr qismlariga suv kirmasligi uchun sepiladigan tozalagichlar ishlatmang.
Tashqi yuzasida abraziv tozalagichlar yoki gubka ishlatmang, chunki ular yuzani tirnaydi.
Ba'zi salfetlar ham yuzani tirnashi yoki iz qoldirishi mumkin.
OGOHLANTIRISH
: Eshik panelini tozalash uchun sepiladigan tozalagichlardan foydalanmang, chunki ular eshik qulfi
va elektr qismlariga shikast yetkazishi mumkin. Abraziv modda yoki ba'zi salfetlarni ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki
zanglamaydigan po'lat yuzasini tirnash yoki dog' qoldirish ehtimoli bor.
MASHINANI EHTIYOT QILISH
Boshqaruv panelini tozalash uchun ozgina namlangan mato ishlating, keyin yaxshilab quriting.
Ustini tozalash uchun yaxshi yaltiroq mum ishlating.
Mashinaning hech qaysi qismida o'tkir jismlar, gubkalar yoki dag'al tozalagichlardan foydalanmang.
MUZLASHDAN HIMOYALANG
Mashianing qishda isitilmagan joyda qoladigan bo'lsa:
1.
Mashinani tokdan uzing.
2.
Suvni yoping va suv kiradigan quvurni klapandan chiqarib oling.
3.
Suv kiradigan quvur va suv klapanidagi suvni chiqarib tashlang. (Suvni tog'oraga to'king)
4.
Suv kiradigan quvur bilan klapanni yana ulang.
5.
Bak tagidagi fi ltrni olib tashlang va tindirgichdagi suvni gubkaga shimdirib oling.
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 41
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 41
2014-07-14
3:37:14
2014-07-14
3:37:14