![background image](/i/samsung/150620/samsung-dw50h4030fs/h/samsung-dw50h4030fs-193.png)
Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish
_25
03 YUVISH MODD
ASI V
A
SUVNI YUMSHA
TKICH
VOSITA FUNKSIYASI
Kimyoviy tarkibli vositalar idishlarni tozalab, kirlarini parchalash va ularni mashinadan tashqariga chiqarib tashlashga
mo'ljallangan. Bu maqsadga aksariyat sotiladigan yuvish vositalari to'g'ri keladi.
OGOHLANTIRISH
: Idish yuvish vositasi yemiruvchan! Uni bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.
Vositadan to'g'ri foydalanish
Faqat idish yuvish mashinalarida ishlatishga mo'ljallangan vositalarni ishlating. Vositani toza va quruq holda saqlang.
Idishlarni yuvishga tayyor bo'lmaguningizcha vositani taqsimlagichga solmang.
Quyultirilgan yuvish vositasi
Kimyoviy tuzilishga qarab, idish yuvish vositalari ikkita asosiy turga bo'linadi:
• an'anaviy, kaustik tarkibli ishqorli vositalar
• kam ishqorli, tabiiy fermentlar qo'shilgan vositalar
"Normal" yuvish dasturlari quyultirilgan yuvish vositalari bilan birga qo'llansa, ifloslanish kamayadi va idishlarga
ham foydasi bor; bu yuvish dasturlari quyultirilgan vosita fermentlarining kirni parchalovchi xossalariga moslab
ishlangan. Shu sababli “normal” yuvish dasturlari bilan quyultirilgan vositalar ishlatilganda olinadigan natijaga
erishish uchun aks holda “intensiv” dasturlarni ishlatish kerak bo'ladi.
Tabletka shaklidagi vositalar
Turli nomli tabletkali vositalar turli tezlikda eriydi. Shu sababli, ba'zi tabletkali vositalar qisqa dasturlar paytida
oxirigacha erimasdan, to'liq quvvatda tozalashga ulgurmay qoladi. Shuning uchun tabletkali vositalarni ishlatishda
uzoq davom etadigan dasturlarni ishlating, shunda yuvish vositasi qoldiqlari ham qolib ketmaydi.
Vosita taqsimlagichi
Har bir yuvish siklidan avval taqsimlagich Yuvish sikli jadvalidagi yo'riqnomalarga ko'ra to'ldirilishi shart.
Sizning mashinangiz an'anaviy mashinalardan farqli ravishda yuvish va chayish vositasini kamroq miqdorda sarf
qiladi. Odatda bir osh qoshiq vosita bilan o'rtacha miqdordagi idishlarni yuvish mumkin.
Bundan tashqari kuchli kirlangan narsalarga ko'proq yuvish vositasi ketadi.
Vositani doim ishni boshlash oldidan qo'shing, aks holda u nam tortib, tegishli tarzda erimay qolishi mumkin.
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 25
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 25
2014-07-14
3:37:06
2014-07-14
3:37:06