![background image](/i/samsung/150620/samsung-dw50h4030fs/h/samsung-dw50h4030fs-192.png)
24_
Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish
Chayish vositasi taqsimlagichi
1.
Taqsimlagichni ochish uchun qopqoqni "ochish" (chap) tomonga burab,
chiqarib oling.
2.
Chayish vositasini taqsimlagichga quying, toshirib yubormang.
3.
Qopqoqni "ochish" strelkasi bilan tenglab joyiga qo'yib, yopiq (oʼn g)
strelkaga qarab burang.
Chayish vositasi oxirgi chayish paytida chiqariladi, shunda suv idishlarda tomchi qoldirib, dog' yoki chiziqlar
tushishiga yo'l qo'yilmaydi. Bundan tashqari u suvning idishlardan tushishiga yordam berib, quritishni yaxshilaydi.
Mashinangiz suyuq vositadan foydalanishga mo'ljallangan. Chayish vositasi taqsimlagichi eshik ichida, yuvish
vositasi taqsimlagichi yonida joylashgan. Taqsimlagichni to'ldirish uchun qopqoqni ochib, daraja indikatori to'liq
qoraygunicha vositani quying. Chayish vositasi taqsimlagichining sig'imi 130 ml atrofida.
Taqsimlagichda toshirib yubormang, buning natijasida ko'pik ko'payib ketishi mumkin. To'kilgan qoldiqlarni nam
latta bilan arting. Mashina eshigini yopishdan avval qopqog'ini joyiga yopishni unutmang.
DIQQAT
: Keyingi yuvish paytida ko'pik ko'payib ketmasligi uchun to'kilgan vositani shimib oluvchi latta bilan
artib oling.
Chayish vositasi taqsimlagichini sozlash
Chayish vositasi taqsimlagichida to'rtta sozlama bor.
Doim taqsimlagichni "3" ga qo'yib, ishni boshlang. Idishlarda dog' oaydo
bo'lsa yoki yaxshi qurimasa, chiqariladigan vosita miqdorini oshiring.
Buning uchun taqsimlagich qopqog'ini ochib, barkashni "4"ga qo'ying.
Biz "3"ga qo'yishni maslahat beramiz (zavoddagi qiymati "3").
Idishlarni yuvgandan so'ng ularda suv tomchlari yoki dog'lar qolsa, dozani ko'paytiring. Idishlarda oq
yopishqoq chiziq bo'lsa yoki shisha idishlarda, pishoqlarda ko'kish tasma paydo bo'lsa, dozani kamaytiring.
Yuvish vositasi va suvni yumshatkich
ishlatish
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 24
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 24
2014-07-14
3:37:06
2014-07-14
3:37:06