![background image](/i/samsung/150620/samsung-dw50h4030fs/h/samsung-dw50h4030fs-182.png)
14_
Idish yuvish mashinasini o'rnatish
Qaynoq suv ulanishi
Jihozga suv quyish tirqishiga uydagi qaynoq suv tizimini (markazlashtirilgan isitish tizimi) ulash mumkin, buning
uchun uning harorati 60 °C dan oshmasligi lozim. Bu holda yuvish sikli vaqti taxminan 15 daqiqaga qisqartiriladi
va yuvish samarasi ozgina pasayadi. Qaynoq suv tizimiga ulash jarayoni sovuq suvga ulash jarayoni bilan bir xil
bo'ladi.
Jihozni joylashtirish
Jihozni kerakli joyga joylashtiring. Orqa tarafi devorga suyanib turishi kerak, yonlari esa qo'shni bo'lmalar yoki
devorga qaraydi. Mashinadagi suv quyish va oqava shlanglarini o'ng yoki chap tarafga joylashtirish mumkin,
bu esa to'g'ri o'rnatishga yordam beradi.
Shlanglardagi qoldiq suvni chiqarib tashlash
Agar rakovina poldan 1000 mm yuqoriroqda joylashgan bo'lsa, shlanglardagi ortiqcha suvni unga chiqarib
bo'lmaydi. Shlanglardagi ortiqcha suvni rakovinadan pastroqqa qo'yilgan tog'ora yoki boshqa idishga chiqarish
kerak bo'ladi.
Suv chiqishi
Oqava shlangini ulang. Suv sizib chiqmasligi uchun oqava shlangi tegishli tarzda ulanishi kerak.
Suv quyish shlangi bukilmasligi yoki ezilmasligi kerak.
Uzaytirgich shlang
Oqava shlangini uzaytirish kerak bo'lsa, bir xil o'lchamdagi va xuddi shu sifatdagi shlang ishlating.
U 4 metrdan uzun bo'lmasligi kerak; aks holda, mashinaning tozalash samarasi pasayadi.
Sifon ulanishi
Oqava ulanishi mashinaning tagiga nisbatan 40 sm (minimum) va 100 sm (maksimum) oraliqdagi balandlikda
bo'lishi lozim. Oqava shlangi xomut bilan mahkamlanishi lozim.
Akva-xavfsizlik
Akva-xavfsizlik tizimi bu suv sizib chiqishining oldini oluvchi xavfsizlik klapani tizimidir. Suv kirasigan shlangdan suv
sizib chiqa boshlasa, xavfsizlik klapani suvni to'sadi. Suv quyish shlangi yoki xavfsizlik klapani shikastlangan bo'lsa,
olib tashlab, boshqasini qo'ying.
Suv quyish shlangini kengaytirmang yoki qisqartirmang.
Idish yuvish mashinasini o'rnatish
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 14
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 14
2014-07-14
3:37:04
2014-07-14
3:37:04