Инструкция для SAMSUNG GE83DTR-1W

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

O'zbek - 24

Kod/Taom

Porsiya hajmi

Tarkibi

2-5

Shchi karam 

sho'rvasi

350 g

(1)  To'rg'algan karam - 45 g, qirilgan sabzi - 15 g, 

to'rg'algan piyoz - 10 g, tilimlangan kartoshka - 25 g, 

tomat pastasi - 10 g, mol go'shtidan tayyorlangan bulon 

yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 400 ml

(2)  Mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga 

aralashtirilgan bulon kubikchasi - 100 ml,  

dafna bargi - 1 dona

Ko'rsatmalar

Barcha (1) masalliqlarni katta jomga soling va qaynoq bulon qo'shing. 

Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida jomdagilarni yaxshilab 

aralashtiring, bulon va dafna bargini qo'shing (2). Va tayyorlash jarayonini 

davom ettiring.

2-6

Sabzavotli 

sho'rva

350 g

Muzlatilgan sabzavotlar - 150 g, sabzavotli bulon yoki 

suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 300 ml

Ko'rsatmalar

Barcha masalliqlarni katta jomga soling va qaynagan bulon qo'shing. 

Tayyorlashni boshlang.

2-7

Koreyscha ugra

120 g

(1 xaltacha)

Koreyscha ugra 1 xaltacha, suv (xona haroratida) - 550 ml

Ko'rsatmalar

Paketni ochib, ugra, sho'rva va suvni (550 ml) chuqur kosaga soling. 

Yaxshilab aralashtiring. Ovqat plyonkasi bilan o'rab, birnecha marta teshing. 

Mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.

2-8

Chuchvara 

sho'rva

185 g

(15 dona)

Muzlatilgan chuchvara - 15 dona (10-12 g/dona), tovuq 

go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan 

bulon kubikchasi - 400 ml, murch-no'xot - 3-5 dona, 

dafna bargi - 1 dona

Ko'rsatmalar

Barcha masalliqlarni katta jomga soling va qaynoq bulon qo'shing.  

Pech tovushli signal berganida tepadan pastga qaratib ag'daring.  

Ichi chuqur plastik qopqoq bilan yoping. Tayyorlashni boshlang.

2-9

Grechixa 

bo'tqasi

200 g

Grechixa bo'tqasi - 100 g, tuz - 2 g, qaynagan suv - 300 ml

Ko'rsatmalar

Grechixa bo'tqasini chuqur kosaga seping va tuz qo'shing.  

Qaynagan suv qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.

3. Sabzavot menyulari

Kod/Taom

Porsiya hajmi

Ko'rsatmalar

3-1

Brokkoli

250 g

Toza yangi uzilgan brokkolini yuving va tozalang hamda gulchalar 

tayyorlang. Ularni qopqoqli shisha idishga tekis joylashtiring.  

250 g keladigan porsiyaga 30 ml (2 osh qoshiq) suv qo'shing. 

Idishni aylanuvchi taglik markaziga joylashtiring. Yopiq qopqoq bilan 

tayyorlang. Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.

3-2

Sabzi

250 g

Sabzini chaying, tozalang va bir xil o'lchamlarni tayyorlang.  

Ularni qopqoqli shisha idishga tekis joylashtiring. 250 g tayyorlash 

uchun 30 ml (2 osh qoshiq) suv qo'shing. Idishni aylanuvchi 

patnisning markaziga qo'ying. Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. 

Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.

3-3

Ko'k loviya

250 g

Ko'k loviyalarni chaying va tozalang. Ularni qopqoqli shisha 

idishga tekis joylashtiring. 250 g tayyorlash uchun 30 ml 

(1 osh qoshiq) suv qo'shing. Idishni aylanuvchi patnisning 

markaziga qo'ying. Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. 

Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.

3-4

Ismaloq

150 g

Ismaloqni yuving va tozalang. Qopqoqli shisha idishga 

joylashtiring. Suv qo'shmang. Idishni aylanuvchi patnisning 

markaziga joylashtiring. Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. 

Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.

3-5

So'tali 

makkajo'xori

500 g

(2 dona)

So'tali makkajo'xorini yuving va tozlalang hamda oval shaklidagi 

shisha idishga qo'ying. Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan 

plyonka bilan yoping va tirqish oching. 1-2 daqiqa kuting.

3-6

Archilgan 

kartoshka

250 g

Kartoshkani yuving va po'stini arting, bir xil o'lchamlarda to'rg'ang. 

Ularni qopqoqli shisha idishga joylashtiring. 45-60 ml (3-4 osh 

qoshiq) suv qo'shing. Idishni aylanuvchi patnisning markaziga 

joylashtiring. Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. 2-3 daqiqa kuting.

3-7

Jigarrang 

guruch

(Bug'langan)

250 g

Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha 

idishdan foydalaning. Ikki barobar miqdorda sovuq suv qo'shing 

(500 ml). Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. Kutish vaqtidan avval 

aralashtiring va tuz hamda ko'katlar qo'shing. 5-10 daqiqa kuting.

3-8

Elanmagan 

undan qilingan 

makaron

250 g

Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha 

idishdan foydalaning. 1 litr qaynoq suv, bir chimdim tuz qo'shing 

va yaxshilab aralashtiring. Qopqog'ini yopmasdan tayyorlang. 

Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. Kutib turish vaqtidan avval 

aralashtiring va dasturxonga tortishdan avval suvini qoldirmasdan 

to'kib tashlang. 1 daqiqa kuting.

GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd   24

2014-05-30   �� 11:35:48

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160