Инструкция для SAMSUNG GE83DTR-1W

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

O'zbek - 38

FOYDALI MASLAHATLAR

SARIYOG'NI ERITISH

50 g sariyog'ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa qopqoq bilan yoping.

Yog' erigunicha 800 Vt quvvatda 30-40 soniya qizdiring.

SHOKOLADNI ERITISH

100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. 

Shokolad erigunicha 450 Vt quvvatda 3-5 soniya qizdiring.

Eritish vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!

SHAKAR BOSILGAN ASALNI ERITISH

20 g shakar bosilgan asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring.

Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.

JELATINNI ERITISH

Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling.

Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring.

300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Eriganidan keyin aralashtiring.

QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PECHENYE UCHUN)

Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv bilan 

aralashtiring. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof 

rangga kirgunicha 800 Vt quvvatdan foydalanib 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang. 

Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.

JEM TAYYORLASH

600 g mevani (masalan, mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli 

kosaga joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar qo'shing va yaxshilab aralashtiring.

Qopqoqni yopgan holda 800 Vt quvvatda 10-12 daqiqa tayyorlang.

Tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo'ljallangan 

kichkina bankachalarga soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.

PUDING TAYYORLASH

Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga 

amal qilgan holda qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan 

qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda 800 Vt quvvatda 6,5 daqiqadan 

7,5 daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash jarayonida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.

BODOM BO'LAKCHALARINI QIZARTIRISH

30 g bodom bo'lakchalarini o'rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib 

yoying. 600 Vt quvvatda 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida 

bir necha marta aralashtiring. Bodomni pechda 2-3 daqiqa qoldiring.  

Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!

nosozliklarni bartaraf qilish va xatolik kodi

NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH

Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar 

bilan hal qilishga harakat qiling.

Bu oddiy holat.

•  Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi.
•  Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi.
•  Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug'lik shu'lalari.
•  Eshikcha perimetri bo'ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug'.

Start/+30 son tugmasi bosilganda pech ishga tushmayapti.

•  Eshikcha to'liq yopilganmi?

Taom umuman tayyorlanmayapti.

•  Tayyorlanish vaqtini to'g'ri belgiladingizmi va/yoki 

Start/+30 son 

tugmasini 

bosdingizmi?

•  Eshikcha yopilganmi?
•  Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi va eruvchan saqlagichning 

kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga sabab bo'lmadingizmi?

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.

•  Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?
•  Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?

Chiroq ishlamayapti. 

•  Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos, chiroqni 

malakali muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin joylashgan vakolatli 

Samsung-ning mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.

•  Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi 

mumkin. Bu oddiy holat. Bu muammoni hal qilish uchun pechni televizorlar, radiolar 

yoki antennalardan uzoqroqda o'rnating.

•  Xalaqitlar pech mikroposessori tomonidan aniqlangan hollarda displey qayta 

o'rnatilishi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun elektr tarmog'iga ulash shnurini 

rozetkadan uzing va qaytadan ulang. Vaqtni qaytadan o'rnating.

GE83K_GE83M_GE83A_DE68-04283A-00_UZ.indd   38

2014-05-30   �� 11:35:52

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160