O'zbekcha - 5
01
x
A
vf
SI
z
LI
k b
O
’y
Ic
HA
m
A’L
um
O
TLAR
Agar ishlaganda ushbu pech g'alati shovqinli tovushlar,
kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga
ulash vilkasini uzing va o'zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina
foydalanish mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
Mikroto'lqinli pech pechtaxtada yoki pechtaxta ustida
foydalanish uchun mo'ljallangan, pech shkaf ichiga
o'rnatilmasligi kerak.
OgOhlaNTIrIsh
(faqat pech funksiyasi) - Ixtiyoriy
OgOhlaNTIrIsh:
Qurilmadan birgalikdagi rejimda
ishlatilganda hosil qilinadigan haroratlar tufayli
bolalar pechdan faqat kattalarning nazorati ostida
foydalanishlari kerak.
Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi
isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot
bo'lish kerak.
OgOhlaNTIrIsh:
Foydalanish vaqtida tegish
mumkin bo'lgan qismlar issiq bo'ladi. Yosh bolalardan
uzoqroq saqlash kerak.
Bug' yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.
OgOhlaNTIrIsh:
Lampani almashtirishdan avval
elektr toki urishini oldini olish uchun qurilmani albatta
uzib qo'ying.
OgOhlaNTIrIsh:
Qurilma va tegish mumkin
bo'lgan qismlar foydalanish vaqtida issiq bo'ladi. Isitish
elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish
kerak. 8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular doimiy
nazorat ostida bo'lmasalar, pechga yaqinlashtirmaslik
lozim.
Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo'lgan
yuzalarning harorati baland bo'lishi mumkin.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar
qizib ketishi mumkin.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan
bolalarning qo'llari yetmaydigan tarzda saqlang.
Agar bolalar nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga
xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu
qurilmadan foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilsa
va ular yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarni anglab
yetsalar, bu qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va
jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va
tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar ham foydalanishlari
mumkin. Bolalar ushbu qurilma bilan o'ynamasliklari
kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar
tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi
kerak.
MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-01_UZ.indd 5
2013-12-10 �� 1:14:59