![background image](/i/atlant/90939/atlant-sma-70-s-1010-02/h/atlant-sma-70-s-1010-02-038.png)
38
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
3-surat
4-surat
panel
1.9
Ta’minlash komplektiga qo’yidagilar kiradi: qo’shimcha buyumlar,
foydalanish uchun qo’llanma ilovasi bilan birga, xizmat ko’rsatish tashkilotlar
ro’yxati, kafolat kartasi va mashina energetik samaradorligi yorlig’gi (so’ngra —
yorliq).
Mashina texnik tavsifi qiymatlari yorliq va kafolat kartasi jadvalida
ko’rsatilgan. Shu bilan birga, kafolat kartasi alohida jadvalida qo’shimcha qismlar
soni haqida ma’lumot keltirilgan.
1.10
Ishlab chiqaruvchi, mashinaning konstruksiyasini takonillashtirish
bo’yicha muntazam ishlagan va uning sifat ko’rsatkichini oshirgan holda, o’zida
uning konstruksiyasiga va komplektasiyasiga o’zgartirish kiritish, shu bilan birga,
uning asosiy texnik xususiyatlarini o’zgartirishsiz qolishi huquqini qoldiradi.
1.11
Atrof – muhit haroratining 0
0
Сdan past bo’lgan holatlarda
transportirovkadan keyin, uni xona haroratida 24 soat saqlanganidan keyin
ishga tushirish maqsadga muvofiq.
DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) uning ishga tushirish
qoidalariga amal qilmaslik holatlarida yoki uning saqlanishida yengiz
bo’lmas kuch tufayli yetkazilgan (yong’in, tabiiy ofat va h.k.lar) shikast
va kamchiliklar uchun javobgar emas.
2 X AV F S I Z L I K TA L A B L A R I
2.1
Mashina — elektr jihozi, shu sababli uni ishga tushirishda elektrdan
himoyalanishning umumiy qoidalariga amal qilish lozim.
2.2
Uskuna past darajadagi jismoniy, hissiyotli yoki aqliy noqisliklari mavjud
bo’lgan shaxslar (shuningdek, bolalar), yohud ularning yetarli darajada malakaga
ega emasliklari, shuningdek ularning javobgar shaxslar nazorati ostida ishlatishga
haqli emaslar.
Bolalarga uskunani o’yinchoq qilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim.
2.3
Mashina elektr tokidan zararlanishdan himoyalanish bo’yicha I klassga
tegishli.
2.4
Yerga ulanish kontakti bilan ikki yo’lakli rozetka mashina uni elektr
tarmog’idan favqulodda uzilish joyida bo’lishi lozim.
2.5
Mashinani elektr tarmog’iga ulashdan avval quvvat olish shnurining
shikast yegan – yemaganligini ko’z bilan tekshirib chiqish lozim. Shnur egilishi
lozim va cho’zilishi lozim.
Quvvat olish shnurining shikastlanganligida uni almashtirish ishlab
chiqaruvchi yoki servis xizmati tomonidan xavfsizlikning oldini olish uchun
amalga oshiriladi.
2.6
Mashina og’ir bo’lganligi sababli, xavfsizlik choralariga mashinani
tashish va bir joydan boshqa joyga ko’chirish vaqtida rioya qilsih lozim.
DIQQAT! Mashinani taglik, tumba va h.k.lar sifatida foydalanmang.
Mashinani atrof – muhit ta’siriga tushmasligi uchun binodan tashqarida
o’rnatish
MAN ETILADI
.
Mashinani plastmassa tiqinlarni o’rnatmasdan 3.1.2 ga ko’ra o’rnatmaslik
MAN ETILADI
.
2.7
Mashinani sovuq suv tarmog’iga ulashda faqatgina jamlama ichida
mavjud bo’lgan suv oqizish yangi shlangidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Mashinani sinishi, yonib ketishi va portlab ketishiga olib keluvchi zaharli
gazlarni chiqara oluvchi mavjud bo’lgan tarkibida erituvchilarni ishlatish
MAN
ETILADI
.
DIQQAT! Mashinaning ichiq eshigiga eshikni mustahkamlovchi
kronshteynning sinib ketmasligi uchun suyanmang.
2.8
Kir yuvish jarayonida mashinaning derazasiga tegish mumkin emas, u
qiziydi va kuyishga olib kelishi mumkin.
2.9
Kir yuvilishning so’nggida mashinani o’chirish va uni elektr tarmog’idan
uzish, vilkani rozetkadan olish va suv yetkazib berish kranini yopish lozim.
Elektr va yong’in xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagilarni
amalga oshirish
MAN ETILADI
:
— tok yuklanmalaridan himoya etilmagan elektr tarmog’iga ulash;
— yerga ulanish kontaktisiz mashinani rozetkaga ulashda foydalanish;
— mashinadan foydalanishda o’tkazuvchilar, ko’p o’rinli (ikkita yoki undan
ortiq ulanish joylari mavjud) rozetkalar va uzun shnurlardan foydalanish;
— quvvat shnurini tortib, mashinani elektr tarmog’idan o’chirish;
— ishlayotgan mashinaga ho’l qo’l bilan tegib, quvvat shnuridan vilkani
ulash yoki sug’urish;
— mashinani oqar suvda yuvish;
— mustaqil ravishda tuzatish va mashina konstruksiyasiga va uning suv va
elektr ta’minotiga o’zgartirishlar kiritish mashinaning jiddiy shikastlanishiga va
uni kafolatli tuzatishiga olib keladi. Tuzatish servis xizmatining malakali mexanigi
tomonidan amalga oshirilishi lozim, negaki malakasiz tarzda tuzatilgan mashina
xavf – xatar manbasiga aylanadi.
2.10
Mabodo mashina ishlashi vaqtida elektrik shovqini, tutashi va h.k. kabi
nosozliklar paydo bo’lishida mashinani zudlik bilan elektr tarmog’idan vilkani
rozetkadan o’chirish lozim, suv yetkazib berish kranini ham o’chirish va servis
xizmati mexanigini chaqirish lozim.
Yong’in chiqishida mashinani zudlik bilan elektr tarmog’idan o’chirish, suv
yetkazib berish kranini o’chirish va yong’inni o’chirish choralarini ko’rish va o’t
o’chirish xizmatini chaqirish lozim.
2.11 Mashinaning maishiy sharoitlarda xizmat ko’rsatish muddati
10 yil.
DIQQAT! Mashinaning xizmat qilish muddati tugagach, ishlab
chiqaruvchi uning xavfsiz ishlashini kafolatlamaydi. Keyingi safar ishlatish
xavfli bo’lishi mumkin, negaki bu holatlarda elektr va yong’in holatlari
materiallarning eskirish va mashinaning asosiy qismining yeyilishi kelib
chiqishi mumkin.
3 M A S H I N A N I I S H G A TAY YO R L A S H
3.1 O’RNATISHGA TAYYORLASH
3.1.1
Mashinani qadoqlovchi materiallardan bo’shatish (polietilen plyonka,
penopolistirol qismlar) ajratish. Himoya plyonkasini displeydan olish (agar bor
bo’lsa).
DIQQAT! Mashinaga shikast yetmasligi uchun, 1-suratda
ko'rsatilganidek, uning tortmasi, eshigi yoki zichlagichdan ushlagan
holda joyda-joyga ko'chirmang.
3.1.2
Mashina transportirovkasi uchun bak bloklovchi vintlar bilan
mustahkamlangan.
Gayka kaliti yordamida aylantirib bo’shatish lozim hamda rezina va
plastmassa vtulkalarni 3 – suratda ko’rsatilganidek sug’urib olish lozim. Agarda
vtulkalar mashina ichida qoladigan bo’lsa, hamda ularni chiqarib olish mumkin
bo’lmasa, u holda 4-suratda ko’rsatilganidek, orqa panelni chiqarish va krestga
o’xshash otvertka yordamida bo’shatish lozim hamda ularni olish lozim. Panelni
o’z joyga o’rnatish lozim. Teshikni jamlama ishida bor bo’lgan plastmassa tiqin
bilan yopish lozim.
Vint va vtulkalarni mashinaning kelasi safargi transportirovkasi uchun saqlab
qo’yish maqsdga muvofiq.
DIQQAT! Korpusning shikastlanmasligi uchun mashinani o’rnatilgan
bloklovchi vintlari, rezina va plastmassa tiqinlar borligida ishga
tushirmang.
3.2 MASHINANI O’RNATISH
3.2.1
Mashina mustahkam, tekis va quruq yuzaga o’rnatilishi lozim. Polning
yumshoq to’shamasi (gilam, penopoliuretan qoplama va h.k.lar) ga o’rnatilishi uning
vibratsiyasi kuchayishiga va ventilyatsiyasining yomonlashiga olib kelishi mumkin.
Taxta polga mashinani o’rnatishda taxtadan tayyorlangan materiallarni 15
mmdan kam bo’lmagan polga mahlkamlash lozim. Mashinaning taxta polda
yaxshiroq ishlashi uchun uni binoning chetrog’iga o’rnatish maslahat beriladi.
3.2.2
Mashinani polga nisbatan gorizontal holatda o’rnatish maqsadga
muvofiq, 5- suratda ko’rsatilganidek, boshqariladigan tayanchlarni aylantirish
lozim: gayka kaliti bilan tayanchlardagi kontrgaykalarni bo’shashtirish lozim.
Mashinaning no’to’g’ri o’rnatilishi yoki kontrgaykalarning yetarli darajada
o’rnatilmasligi vibrasiya yoki mashina ishlash vaqtida shovqinning kuchayishiga
olib kelishi mumkin.
5-surat
kontrgayka
tirgovich