40
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Mashinaning ishlash vaqtida mashinadan suvning oqib chiqib ketishi va
sochilib ketishini oldini olish maqsadida uning katagini ochish
MAN QILINADI
.
5.3
Vilkaning quvvat olish shnurini rozetkaga ulash va suv yetkazib berish
kranini ochish (9 – suratga qarang).
5.4
Mashinani ilovaga ko’ra ishga tushirish. Kir yuvish dasturini tanlash
hamda zarur holatlarda asosiy parametrlarni o’rnatish, qo’shimcha funksiyalarni
tanlash. Mashinaning ishlashini boshlash uchun START/PAUZA tugmalarini
bosish, bu vaqtda signal chalinadi, eshikning bloklash moslamasi ishga tushdai
hamda mashina ishlashni boshlaydi.
DIQQAT! Mashinaga suv yetkazib berilayotgan vodoprovoddan
foydalanish tavsiya etilmaydi. Bosimning sakrashi tufayli yetarlicha suv
yig’ilmasligi mumkin hamda quyilayotgan suvning yetkazib berilishi
kirning yaxshi va sifatli yuvilishiga yetarli bo’lmasligi mumkin.
5.5
Kir yuvishning so’nggi operasiya nihoyasidan 2 minutlar avval eshikning
bloklash moslamasi ochiladi – uch marta signal chalinadi.
5.6
Kir yuvilish nihoyalangandan keyin mashinani ilovaga ko’ra o’chirish
lozim. Quvvat olish shnuri vilkasini rozetkadan o’chiring hamda suv yetkazib
berish kranini yoping.
Mabodo mashina elektr tarmog’idan uzilmagan bo’lsa, unda uchtalik signal
har bir minutda besh marta chalinadi.
Ehskni oching va kirlarni oling. Katakni yengil harakatlar bilan surish lozim
hamda mashinaning ichki qismi qurishi uchun ehsikni qiya ochiq qoldirish lozim.
Mashinada noxush hidlarning paydo bo’lishini oldini olish uchun mashinaning
eshigi keyingi kir yuvishgacha ochiq qolishi lozim. Eshikni bloklanib yopilib
qolishining oldini olishda 5.7 – ga ko’ra ish ko’rish lozim.
DIQQAT! Elektr tarmog’i quvvatining yetkazib berilishini to’xtatish
mashina ishiga ta’sir ko’rsatmaydi: quvvat qaytadan uzatilgan vaqtdan
boshlab, mashina o’rnatilgan dastur bo’yicha ishlashda davom etadi.
5.7 YOPILIB QOLISHDAN ESHIKNI BLOKLASH
5.7.1
Eshikni bloklash ba’zi bir mashina
turlari uchun uning to’satdan ishga tushib ketishi
yoki bolalar tomonidan ishga solinishini oldini
olishga qaratilgan. Eshikning yopilib qolishini
bloklashda vtulkani 13-suratga ko’ra otvertka
yordamida soat strelkasi bo’ylab aylantirish lozim
– vtulka oldinga qarab suriladi hamda eshikni
yopilib qolishiga to’sqinlik qiladi. Bloklashni
olib tashlash uchun kir yuvishdan avval ishni
teskarisidan boshlash lozim.
6 TAV S I YA VA M A S L A H AT L A R
6.1 KIRNI MASHINAGA SOLISH UCHUN TAYYORLASH
6.1.1
Kirni yuvishni boshlashdan avval quyidagilarni amalga oshirish lozim:
— ichki va tashqi kiyimlarni ajratish, ya’ni rangli kiyimlarni oqlardan alohida qilish;
— kiyimlarni mato turiga ko’ra yorliqlariga ko’ra (6.3ga qarang).
Kiyimlarning kir bo’lish darajasiga qarab, dastruni tanlash (ilovaga qarang):
— Kiyimning yengil kir bo’lishida unda noxush hid paydo bo’ladi , dog’lar
unchalik bilinmaydi;
— kiyimning o’rtacha kir bo’lishida dog’lar bilinadi va/yoki dog’ ko’rinadi;
— juda ham kir bo’lib ketgan vaqtida kiyimda dog’lari yaqqol ko’zga
tashlanadi.
Ba’zi bir dog’lar (o’tdan tekkan, sharikli ruchkalardan, o’simlik moyi, boyoq
va h.k.lar) oddiy mashinada yuvilsa yetarli darajada toza bo’lmaydi. Shu sababli
13-surat
vtulka
eshikcha
14-surat
15-surat
16-surat
ularni mashinda yuvishdan oldin qo’lda tozalaydilar. Ularni dastavval unchalik
sezilarli bo’lmagan joylarda boshlaydilar, chetdan tozalashni boshlab, uning
markaziga qadar boradilar.
DIQQAT! Yangi rangli kirni uning rangi chiqishi mumkinligi hisobga
olgan holda boshqa kiyimlar bilan qo’shib yuvish tavsiya etilmaydi. Oq
kiyimlarni alohida yuvish lozim.
6.1.2
Barabanga kirni solishdan oldin quyidagilarni amalga oshirish lozim:
— kiyim cho’ntaklarining bo’sh ekanligini tekshirish, himoyaning yirtilgan
qismlari, yopqichlar, kamar, to’qa va ilmoqlarning yopilganligini tekshirish,
ketishi qiyin bo’lgan dog’larning avvaldan ketkazilganligini ham tekshirish lozim;
— kiyimni, (cho’ntaklarni va yoqalarni) qumdan cho’tka yordamida tozalash;
— shimlarni, yopishtirilgan gullari bor kiyimlarni, to’qilgan va to’qimachilik
mahsulotlarini teskari qilish (trikotaj ich kiyimlar, futbolkalar, pusli kiyim va h.k.lar).
DIQQAT! Metal narsalarning mashinaga tushib qolishi (tanga,
skrepka va h.k.lar) rezinalar mustahkamlagichning hamda mashinaning
plastmassa bakining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday
buzilishlar kafolatli tizatish xizmatiga kirmaydi.
6.1.3
Mayda narsalar (paypoq, ro’molcha va h.k.lar), temirli byustgalterlar,
shuningdek, nozik narsalarni kir yuvishdan avval maxsus setkaga solish lozim
hamda boshqa kirlar bilan yuvish mumkin.
6.1.4
Kir yuvishda yaxshi ko’rsatkichlarga erishish uchun kirlarni baraban
ichiga alohida va erkin tarzda joylashtirish lozim.
Yirik narsalarni mayda narsalar bilan yuvish mumkin va ularni oldinma- ketin
joylashtirish lozim. Bunday tazlangan kiyimlar kirning siqilish vaqtida baraban
ichida to’g’ri joylashtiriladi.
Mashinaga suvni o’ziga tortadigan t o’qimalarni (kurtka, sochiqlar, gilamcha
va h.k.larni) solish
MAN ETILADI
.
DIQQAT! Narsalarning barabanga notekis joylashtirilishida siqish
tezligi avtomatik tarzda pasayadi yoki umuman amalga oshirilmaydi.
DIQQAT! Mashinaga kiragidan ortiq narsalarni solmang – yuvish
sifati pasayadi, narsalarning g’ijim bo’lib ketishi oshadi. Maksimal
belgilanishidan ortiq narsani mashinaga solmang (ilovaga qarang).
6.1.5
Sport kiyimlarini yuvishni boshlashdan avval quyidagilarga amal qiling:
— poyafzaldan shnurlani yechib oling;
— qumni qoqib tashlash va poyafzalni tashqarisini yuvish.
DIQQAT! Tabiiy teri, zamsha va nubukdan tikilgan poyafzalni yuvish
TAVSIYA ETILMAYDI.
6.2 SYVni QO’LLASH
6.2.1
14 – va 15 – suratlarga kora (tuzilishidan qat’iy nazar), mashinada
kir yuvish vositalarini solishga mo’ljallangan katak mavjud.
Katakning uchta xonasi bor, ular raqam va ramzlar bilan belgilab qo’yilgan:
1 — avvaldan kir yuvish uchun kukunsimon SYV va oqartiruvchilarni solish
uchun;
2 — asosiy kirni yuvish uchun SYVning suyuqligi;
— maxsus ishlov beruvchi vositalar (konditsioner, yumshatuvchi,
kraxmallovchi, xushbo’y hid beruvchi).
6.2.2
Kir yuvish uchun SYV, oqartiruvchi va konditsioner qo’shimchalaridan
foydalanish ularni ishlab chiqaruvchidan tavsiya etiladi.
DIQQAT! Kir yuvish uchun oqartiruvchi – geldan foydalanish tavsiya
etilmaydi.
6.2.3
SYV dozasini narsalarning og’irligi, ularning kirligi darajasi va suvning
qattiqligiga ko’ra amalga oshiriladi.
DIQQAT! SYV dozasining oshib ketishi, shuningek, SYVning qo’lda
yuvishga mo’ljallangan vositasi ko’pikning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi,
bu esa kir yuvilishi saifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda mashinaning
buzilishiga olib keladi.
pardacha
pardacha
katak
katak
qalpoqcha (MAX
belgisi bilan)
qalpoqcha
2
1
2
1