Инструкция для SAMSUNG GE732KR

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

7

O'ZBEK

Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda albatta 

qo’lqoplardan foydalaning.
Ular sovumagunicha qizdirish elementlari yoki pechning ichki devorlariga 

tegmang.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring. Kuchli qaynashning 

oldini olish uchun pech o’chganidan keyin 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish 

uchun pechdan uzatilgan qo’l masofasida turish kerak.
Bo'sh mikroto’lqinli pechni yoqmang. Xavfiszlikni ta’minlash maqsadida 

mikroto’lqinli pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o’chadi. Pech 

tasodifan yoqilgan hollarda mikroto’lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir 

stakan suvni joylashtirish tavsiya qilinadi.
Mikroto’lqinli pechning shishali eshikchasini tozalash uchun abraziv 

materiallar, kimyoviy faol moddalar yoki o'tkir metall qirg'ichlardan 

foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini tirnab qo'yishlari, bu esa 

oynada darzlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Pechni o’rnatishda qo’llanmada ko’rsatilgan devorgacha bo’lgan 

masofani ta’minlash kerak ("Mikroto’lqinli pechni o’rnatish" bo’limiga 

qarang).
Boshqa ekektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda 

ehtiyot choralariga amal qiling.

USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH 

(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron 

yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini 

o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini 

ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning 

salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab 

yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran 

foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda 

va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan 

chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va xarid 

shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini 

tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.

Pechda o’z-o’zini tozalashni o’tkazishdan avval uning ichidan begona 

buyumlarni olib qo’yish kerak. O’z-o’zini tozalash jarayonida pech ichida 

tozalash bo’yicha yo’riqnomada ko’rsatilgan oshxona asbob-anjomlari 

bo’lishi mumkin (faqat o’z-o’zini tozalash funksiyasiga ega bo’lgan 

modellar uchun).
O’rnatgandan keyin qurilmani elektr manbaidan uzishga harakat 

qiling. Qurilmani uzish uchun uni shunday o'rnatish kerakki, elektr 

manbaiga ulash kabeli vilkasidan foydalanish oson bo’lsin. Yana elektr 

o’tkazgichlarini o’tkazish qoidalariga muvofiq statsionar o’tkazgichga 

vklyuchatel o’rnatish ham mumkin (faqat sozlanuvchi modellar)

 

DIQQAT

Faqat mikroto’lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan foydalaning. 

Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan oshxona 

idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan FOYDALANMANG. O’ralgan 

o’tkazgichni qog’oz yoki plastik qadog’idan oling. Sabab: elektr yoyi yoki 

uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Plastik yoki qog’oz konteynerdagi taomlarni isitganda pechni kuzatib 

turing, chunki yong’in chiqish xavfi mavjud.
Qog’oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto’lqinli pechdan 

foydalanmang.
Katta miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi yoki 

buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Agar tutun paydo bo’lsa, qurilmani o’chiring yoki uni elektr tarmog'idan 

uzing va olovni ushlab turish uchun eshikni yopiq holda qoldiring.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish hamda uning ichidagi taom 

qoldiqlarini olib tashlash kerak.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasiga suv tegishiga yo'l qo'ymang 

va kabelni qizdirilgan buyumlar va issiqlik manbalaridan uzoqroq 

joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto’lqinli pechda isitib 

bo’lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham 

mikroto’lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin. Germetik yopilgan 

butilka, banka, konteynerlar, butun yong’oq, pomidor kabilarni isitish 

mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog’oz bilan yopib qo’ymang. 

Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo ta’sirida yonib 

ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik o’chib qolishi 

mumkin. Uni sovigandan keyingina yoqish mumkin.

GE731KR_BWT_DE68-04050N-04_UZ.indd   7

2014-07-17     12:21:33

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
Оглавление инструкции

Document Outline