O'zbek - 39
05
TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
SUYUQLIKLARNI ISITISH
Suyukliklarning barcha qismlaridagi harorat tenglashishi uchun pech
o'chirilgandan keyin kamida 20 soniya kuting. Zarur bo'lgan hollarda
suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring.
Suyuqliklarning qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun ichimlik
solingan stakanga qoshiqcha yoki shisha tayoqcha soling va isitish vaqtida
va isitgandan keyin uni aralashtiring.
BOLALAR TAOMLARINI ISITISH
BOLALAR TAOMLARI:
Taomni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping.
Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring! Ovqatlantirishdan avval 2-3 daqiqa
kuting. Yana aralashtiring va haroratni tekshiring. Taomning tavsiya qilingan
harorati: 30-40 °C o'rtasida.
BOLALAR SUTI:
Sutni sterillangan shisha butilkaga quying. Berkitmagan holda isiting. Sutni
hech qachon butilkaga so'rg'ich kiydirilgan holda isitmang, ortiqcha qizib
ketganda butilka portlab ketishi mumkin. Kutib turish vaqti oldidan va keyin
silkiting! Bolalar suti yoki taomini bolaga berishdan avval doimo haroratini
yaxshilab tekshiring. Taomning tavsiya qilingan harorati: taxminan 37 °C.
IZOH:
Kuyishning oldini olish uchun bolaga berishdan avval bolalar taomlarining
haroratini juda puxta tekshirish lozim. Quyidagi jadvalda ko'rsatilgan quvvat
darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling.
Suyuqliklar va taomlarni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi
qo'llanma sifatida foydalaning.
Taom
Porsiya Quvvat
Vaqt
(daq.)
Ushlab
turish
vaqti
(daq.)
Ko'rsatmalar
Ichimliklar
(qahva, choy
va suv)
150 ml
(1 piyola)
900 Vt
1-1½
1-2
Suyuqlikni sopol idishlarga
quying va qopqog'ini
yopmagan holda isiting: 1 ta
piyolani markazga, 2 tasini
– bir-biriga qarama-qarshi,
3 tasini – aylana bo'ylab
qo'ying. Kutish vaqti davomida
pechning ichida qoldiring va
yaxshilab aralashtiring.
300 ml
(2 piyola)
2-2½
450 ml
(3 piyola)
3-3½
600 ml
(4 piyola)
3½-4
Sho'rva
(sovutilgan)
250 g
350 g
450 g
550 g
900 Vt
2½-3
3-3½
3½-4
4½-5
2-3
Sho'rvani chuqur sopol idish
yoki sopol kosaga quying.
Plastmassa qopqoq bilan
yoping. Isitgandan keyin
yaxshilab aralashtiring.
Dasturxonga tortishdan avval
yana aralashtiring.
Dimlangan
go'sht
yoki baliq
(sovutilgan)
350 g
600 Vt 4½-5½
2-3
Dimlangan go'sht yoki baliqni
chuqur sopol idishga soling.
Plastmassa qopqoq bilan
yoping. Isitish vaqtida vaqti-
vaqti bilan arlashtirib turing
va kutish vaqtidan hamda
dasturxonga tortishdan avval
yana aralashtiring.
CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd 39
2014-07-16 4:42:48