Инструкция для SAMSUNG CE118PAERX

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

O'zbek - 42

GRIL

Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining shipi 

ostida joylashgan. Ular faqat pech eshikchasi yopilgan, patnis esa 

aylanayotgandagina ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq 

qizartirilishini ta'minlaydi. Agar gril avvaldan 3-5 daqiqa qizdirib olinsa, 

tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.

Gril rejimi uchun oxshona anjomlari: 

Tarkibida metall mavjud bo'lishi 

mumkin bo'lgan issiqqa chidamli idishdan foydalanish kerak. Plastmassa 

idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.

Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar: 

Ezilgan go'shtlar, 

sardelkalar, bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son go'shtlari, 

baliqning yupqa bo'laklari, sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha 

turlari.

Muhim izoh: 

Faqat gril rejimidan foydalanilgan hollarda, agar ko'rsatmalarda 

boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish 

kerakligini yodda tuting.

MIKROTO'LQIN + GRIL

Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan 

ta'minlanuvchi tayyorlash tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi 

yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi. Patnisning aylanishi 

taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Pechning bu modelida 

tayyorlashning 3 xil birlashgan rejimi mavjud: 600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 

300 Vt + Gril.

Mikroto'lqin + gril rejimi uchun oxshona anjomlari: 

Mikroto'lqinlarni 

o'tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa 

chidamli bo'lishi kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan 

oshxona anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa idishdan foydalanmang, 

chunki u erib ketishi mumkin.

Mikroto'lqin + gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar: 

Birlashgan rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish 

kerak bo'lgan (masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini 

qizartirish uchun ozgina tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi. 

Ushbu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa, 

mazaliroq bo'ladigan taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash 

vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'dariladi) qalin porsiyalarini tayyorlash 

uchun ham foydalanish mumkin. Ko'proq ma'lumotlar olish uchun grildan 

foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.

Muhim izoh: 

Birgalikda foydalanish (mikroto'lqinlar + gril) rejimidan 

foydalanilgan hollarda, agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan 

bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish kerakligini yodda tuting. 

Quyidagi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang. Agar mahsulotni har ikkala 

tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.

Yangi mahsulotlar uchun grildan foydalanib tayyorlash bo'yicha qo'llanma 

Pechni gril rejimida 2-3 daqiqa yoqib qo'ygan holda grilni avvaldan 

qizdiring. Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan grildan 

foydalanib tayyorlash uchun qo'llanma sifatida foydalaning. Taomni qalin 

qo'lqopdan foydalangan holda oling.

Yangi 

mahsulotlar

Porsiya

Quvvat

1-tomon 

uchun 

sarf. vaqti 

(daq.)

2-tomon 

uchun 

sarf. vaqti 

(daq.)

Ko'rsatmalar

Tost bo'laklari

4 dona

(har biri 

25 g)

Faqat 

gril

3-4

2-3

Tostlarni yonma-yon yuqori 

taglikka qo'ying.

Tomat-gril

400 g

(2 dona) 

300 Vt + 

Gril

6-8

-

Pomidorlarni teng ikkiga 

bo'ling. Ularning ustiga 

pishloq qo'ying. Ularni 

issiqqa chidamli shishadan 

yasalgan tekis idishga 

aylana shaklida joylashtiring. 

Idishni yuqori taglikka 

qo'ying. 2-3 daqiqa kuting.

Tomat va 

pishloqli tost

4 dona

(300 g)

300 Vt + 

Gril

5-7

-

Avval non bo'laklarini 

qovuring. Nonga 

ingredientlarni qo'ying 

va tostni yuqori taglikka 

joylashtiring. 2-3 daqiqa 

kuting.

CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd   42

2014-07-16     4:42:48

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176
177
178
179
180
181
182
183
184
185
186
187
188
189
190
191
192
Оглавление инструкции

Document Outline