O'zbek - 46
( ) tugmasi bosilganda pech ishga tuhsmayapti.
•
Eshikcha to'liq yopilganmi?
Taom umuman tayyorlanmayapti.
•
Tayyorlanish vaqtini to'g'ri belgiladingizmi va ( ) tugmachasini bosdingizmi?
• Eshikcha yopilganmi?
• Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi va eruvchan saqlagichning kuyishiga yoki
himoya avtomatining ishlab ketishiga sabab bo'lmadingizmi?
Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.
•
Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?
• Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?
Chiroq ishlamayapti.
• Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos, chiroqni malakali
muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin joylashgan vakolatli Samsung-ning
mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
•
Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi mumkin.
Bu oddiy holat. Bu muammoni hal qilish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan
uzoqroqda o'rnating.
•
Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta'sirchan bo'lsa, unda displeydagi ko'rsatkichlar
tashlab yuborilishi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun elektr tarmog'iga ulash shnuri vilkasini
rozetkadan uzing va qaytadan ulang. Vaqtni qaytadan o'rnating.
Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.
•
Metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?
• Pechda vilka yoki boshqa metall buyumlarni qoldirmaganmisiz?
• Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganmi?
Dastlabki ishlatishda tutun va yomon hid chiqishi.
•
Bu yangi isitish qismlari tomonidan vaqtinchalik holatdir. 10 daqiqa ishlatilgandan so'ng tutun
va hid butunlay yo'qoladi. Hidni tezroq yo'q qilish uchun mikroto'lqinli pechni taom qo'yish
bo'lmasiga limon yoki limon sharbati qo'ygan holda ishlating.
Agar muammoni yuqoridagi yo'riqnomalarni o'qigandan keyin ham hal eta olmagan bo'lsangiz,
o'zingizga yaqin bo'lgan SAMSUNG kompaniyasining yaqinroqda joylashgan xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling. Iltimos, quyidagi ma'lumotlarni o'qib oling;
• Model nomi va seriya raqami, ular odatda pechning orqa paneliga yozilgan bo'ladi
• Kafolat ma'lumotlari
• Muammoning aniq bayoni
Keyin mahalliy dilerga yoki SAMSUNG kompaniyasining sotuvdan keyin xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
XATOLIK KODI
"SE" xabari ko'rsatiladi.
•
"SE" xabari tugmachalarni tozalaydi va tugmacha atrofidagi sirtlarda suv borligini tekshiradi.
Mikroto'lqinli pechni o'chiring va yana o'rnatishga harakat qilib ko'ring. Agar bu xato yana
takrorlansa, SAMSUNG kompaniyasining mahalliy xaridorlarga xizmat ko'rsatish Markaziga
qo'ng'iroq qiling.
"E-15" xabari ko'rsatiladi
•
Agar sensorli tayyorlash ishlayotgan vaqtda eshikcha ochilsa yoki Stop tugmachasi bosilsa.
"E-15" namoyish qilinadi. Shu vaqtda Stop tugmachasini yana bir marta bosing, "E-15"
displeydan yo'qoladi.
Boshqa xatolik xabari namoyish qilinadi. Iltimos, SAMSUNG kompaniyasining xaridorlarga xizmat
ko'rsatish xizmatiga murojaat qiling.
texnik xususiyatlar
SAMSUNG kompaniyasi o'z mahsulotlarini muntazam ravishda takomillashtirib boradi. Dizayn
xususiyatlari va mazkur qo'llanma oldindan xabardor qilinmasdan o'zgartirilishi mumkin.
Model
CE118P*, CE118P**
Elektr toki manbai
230 V ~ 50 Gts O'zgaruvchan tok
Iste'mol qilinadigan quvvat
Maksimal quvvat
Mikroto'lqin
Gril (isitish elementi)
Konveksiya (isitish elementi)
2900 Vt
1400 Vt
1500 Vt
Maks. 2100 Vt
Ishlab chiqilayotgan quvvat
100 Vt / 900 Vt - 6 ta daraja (IEC-705)
Ishchi chastotasi
2450 MGtz
Gabarit o'lchamlari (K x B x G)
Tashqi qismi
Pechning ichki kamerasi
523 x 491 x 309 mm
373 x 370 x 233 mm
Kamerasining hajmi
32 litr
Og'irligi
Sof og'irligi
Taxminan 19,0 kg
CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd 46
2014-07-16 4:42:48