O'zbek - 41
05
TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
MUZDAN TUSHIRISH
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib
usuli hisoblanadi. Mikroto'lqinlar mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik
bilan muzdan tushiradi. Bu siznikiga kutilmagan mehmonlar kelgan vaqtda
ayniqsa juda foydali bo'lishi mumkin.
Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi
kerak. Qadoqdan metall simlarni oling va muzdan tushirish jarayonida hosil
bo'luvchi suvning oqib ketishini ta'minlash uchun muzdan tushirishdan avval
tovuqni qadoqdan chiqarib oling.
Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling.
Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish
vaqtida suyuqlik hosil bo'lgan bo'lsa, to'king va imkoni boricha ichak-
chovoqlarini chiqarib tashlang. Ularning iliq bo'lmaganligiga ishonch
hosil qilish uchun mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing. Agar
mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta boshlasa, ushbu qismlarni
muzdan tushirish vaqtida kichik tekis alyumin folgalarga o'ragan holda ularni
to'sib qo'yish mumkin.
Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni
to'xtating va muzdan tushirishni davom ettirishdan avval 20 daqiqa kuting.
Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni
bir oz shundoq qoldiring. To'liq muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan
tushirilayotgan mahsulotlarning miqdoriga bog'liq holda har xil bo'lishi
mumkin. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.
Maslahat:
Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va
kam miqdordagi mahsulotlar ko'plariga qaraganda tezroq
muzdan tushadi. Ushbu maslahatni mahsulotlarni muzlatish
va muzdan tushirishda yodda tuting.
Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni
muzdan tushirishda quyidagi jadvalga amal qiling.
Har qanday muzlatilgan mahsulotni muzdan tushirish uchun ko'zda tutilgan
quvvatda (180 Vt) muzdan tushirish kerak.
Taom
Porsiya Vaqt
(daq.)
Ushlab turish
vaqti (daq.)
Ko'rsatmalar
Go'sht
Mol go'shti
qiymasi
250 g
500 g
6-7
8-13
15-30
Mol go'shtini aylanuvchi patnisga
joylashtiring. Chetlarini alyuminiy folga
bilan ingichka yoping. Muzdan tushirish
vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.
Cho'chqa
go'shtidan
tayyorlangan
steyklar
250 g
7-8
Parranda
go'shti
Tovuq bo'laklari 500 g
(2 dona)
14-15
15-60
Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga
qilgan holda tekis sopol idishga soling.
Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik
joylarini alyumin folga bilan o'rang.
Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi
bilan ag'daring.
Butun tovuq
1200 g 32-34
Baliq
Baliq filesi
200 g
6-7
10-25
Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish
o'rtasiga qo'ying. Ingichka bo'laklarini
semizlari tagiga joylashtiring. Butun
baliqning ingichka qirralarini va dumini
alyumin folga bilan o'rang. Muzdan
tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan
ag'daring.
Butun baliq
400 g
11-13
Mevalar
Reza mevalar
300 g
6-7
5-10
Mevalarni tekis doirasimon shisha
(katta diametrga ega bo'lgan) idishga
yupqa qatlam qilib yoying.
Non
Tost bo'laklari
(har biri
taxminan 50 g)
2 dona
4 dona
1-1½
2½-3
5-20
Aylanish patnisining o'rtasiga
qog'ozli oshxona sochig'ining ustiga
bulochkalarni aylana qilib, nonni esa
gorizontal shaklda qo'ying. Muzdan
tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan
ag'daring.
Tost/Sendvich
250 g
4-4½
Nemischa non
(bug'doy +
javdar uni)
500 g
7-9
CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd 41
2014-07-16 4:42:48