O'zbek - 2
xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar
USHBU YO'RIQNOMADAN FOYDALANISH
Siz SAMSUNG kompaniyasining mikroto'lqinli pechini xarid qildingiz. Ushbu "Foydalanuvchi
qo'llanmasi"da mazkur mikroto'lqinli pech yordamida taom tayyorlash to'g'risida muhim
ma'lumotlar mavjud:
• Ehtiyotkorlik choralari
• Mos keladigan aksessuarlar va idishlar
• Taom tayyorlash bo'yicha foydali maslahatlar
• Taom tayyorlash bo'yicha maslahatlar
BELGILAR VA NISHONLARNING BAYONI
OGOHLANTIRISH
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash
jiddiy jarohat olish yoki o'limga olib kelishi mumkin
.
DIQQAT
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e'tiborsizlik bilan qarash
yengil jarohat olish yoki mulklarning buzilishiga olib kelishi
mumkin
.
Ogohlantirish; Yonish xavfi mavjud
Ogohlantirish; Issiq yuza
Ogohlantirish; Elektr toki mavjud
Ogohlantirish; Portlovchi moddalar
Kuch ISHLATMANG.
TEGMANG.
Qismlarga AJRATMANG.
Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli
vilkasini rozetkadan uzing.
Elektr toki urishini oldini olish uchun
mashinaning yerga ulanganligiga
ishonch hosil qiling.
Yordam olish uchun xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat
qiling.
Izoh
Muhim
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA
KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN
SAQLAB QO'YING.
Ushbu xavfsizlik ko'rsatmalariga xar doim amal
qilinishiga ishonch hosil qiling.
Pechdan foydalanishdan avval quyidagi
ko'rsatmalarga amal qilinishiga ishonch hosil
qiling.
OGOHLANTIRISH
(Faqat mikroto'lqin funksiyasi)
OGOHLANTIRISH:
Agar eshikcha yoki eshikcha
zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, pechni vakolatli
shaxs tomonidan ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik
kerak.
OGOHLANTIRISH:
Mikroto'lqin quvvatlarining
ta'siridan himoya qiluvchi qopqoqni ochish bilan
bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vakolatli shaxs
tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu zararlidir.
OGOHLANTIRISH:
Suyuqliklar va boshqa taomlar
mahkam yopilgan idishlarda isitilmasligi kerak, chunki
ular portlab ketishlari mumkin.
Ushbu qurilma faqat uy sharoitida foydalanish uchun
mo'ljallangan.
CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd 2
2014-07-16 4:42:34