O'zbek - 4
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki
ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan
ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan
ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan
jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va
tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar)
foydalanishlari mumkin emas.
Bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga
ishonch hosil qilish uchun ular nazorat ostida bo'lishlari
kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan
bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab
chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki
malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
OGOHLANTIRISH:
Suyuqliklar yoki boshqa taomlar
mahkam yopilgan idishlarda isitilmasligi kerak, chunki
ular portlab ketishlari mumkin;
Mikroto'lqinli pechni ingichka suv oqimi bilan tozalash
mumkin emas.
Ushbu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan
foydalanish oson bo'lgan tarzda to'g'ri yo'nalish va
balandlikda o'rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa
ichiga suv qo'yilgan holda ishlatilishi va keyin
foydalanilishi kerak.
Agar ishlaganda ushbu pech g'alati shovqinli tovushlar,
kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga
ulash vilkasini uzing va o'zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina
foydalanish mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
Mikroto'lqinli pech pechtaxtada yoki pechtaxta ustida
foydalanish uchun mo'ljallangan, pech shkaf ichiga
o'rnatilmasligi kerak.
OGOHLANTIRISH
(Faqat pech funksiyasi) - Ixtiyoriy
OGOHLANTIRISH:
Qurilmadan birgalikdagi rejimda
ishlatilganda hosil qilinadigan haroratlar tufayli
bolalar pechdan faqat kattalarning nazorati ostida
foydalanishlari kerak.
Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi
isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot
bo'lish kerak.
OGOHLANTIRISH:
Foydalanish vaqtida tegish
mumkin bo'lgan qismlar issiq bo'ladi. Yosh bolalardan
uzoqroq saqlash kerak.
Bug' yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.
CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd 4
2014-07-16 4:42:34