Инструкция для SAMSUNG CE118PTR-X

(скачивание инструкции бесплатно)
Формат файла: PDF
Доступность: Бесплатно как и все руководства на сайте. Без регистрации и SMS.
Дополнительно: Чтение инструкции онлайн
background image

O'zbek - 36

taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma

MIKROTO'LQINLAR

Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga 

tortilgan va singgan holda deyarli taomning ichiga kiradi.

Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Ushbu 

molekulalarning tez tebranishlari sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida 

hosil bo'lgan issiqlik esa taomni tayyorlaydi.

TAOM TAYYORLASH

Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:

Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini 

ta'minlash uchun mikroto'lqinlarga o'zlari orqali o'tishiga imkon berishlari 

kerak. Mikroto'lqinlar zanglamaydigan po'lat, alyuminiy va mis kabi 

metallardan qaytadi, biroq ular sopol, shisha, chinni va plastmassa hamda 

qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning uchun tayyorlashda metall 

idishlardan foydalanish taqiqlanadi.

Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:

Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi 

uzilgan yoki muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, makaron mahsulotlari, 

guruch, dukkakli mahsulotlar, baliq va go'sht kabilarni tayyorlash mumkin. 

Mikroto'lqinli pechda yana souslar, qaynatilgan kremlar, sho'rvalar, bug'li 

pudinglar, konservalar, ziravorlarni ham tayyorlash mumkin. Umuman 

olganda oshxona plitasida tayyorlanadigan har qanday taomlarni 

mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin. Masalan, yog' yoki shokoladni 

eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan bo'limga qarang).

Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish

Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki 

bug'lanayotgan suv tayyorlash jarayoniga o'z hissasini qo'shuvchi 

bug'ga aylanadi. Taomni yopib qo'yishning turli usullaridan foydalanish 

mumkin: masalan, sopol tarelka, plastmassa qopqoq yoki mos yopishqoq 

plyonkadan foydalanish mumkin.

Kutish vaqti

Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha 

haroratning tenglashishi uchun biroz kutish juda muhimdir.

Muzlatilgan sabzavotlarni tayyorlash bo'yicha qo'llanma

Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning. 

Qopqoqni yopgan holda jadvalda ko'rsatilgan eng kam vaqt davomida 

tayyorlang. Keyin istalgan natijani olguncha tayyorlashni davom ettiring.

Tayyorlash vaqtida ikki marta va tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir 

marta aralashtiring. Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin tuz, ziravorlar 

yoki qaymoq qo'shing. Kutish vaqtida yopib qo'ying.

Taom

Porsiya Quvvat

Vaqt 

(daq.)

Ushlab 

turish vaqti 

(daq.)

Ko'rsatmalar

Ismaloq

150 g

600 Vt

5-6

2-3

15 ml (1 osh 

qoshiq) sovuq 

suv qo'shing.

Brokkoli

300 g

600 Vt

8-9

2-3

30 ml (2 osh 

qoshiq) sovuq 

suv qo'shing.

No'xot

300 g

600 Vt

7-8

2-3

15 ml (1 osh 

qoshiq) sovuq 

suv qo'shing.

Ko'k loviya

300 g

600 Vt 7½-8½

2-3

30 ml (2 osh 

qoshiq) sovuq 

suv qo'shing.

Sabzavotlar 

aralashmasi 

(sabzi/no'xot/

makkajo'xori)

300 g

600 Vt

7-8

2-3

15 ml (1 osh 

qoshiq) sovuq 

suv qo'shing.

Sabzavotlar 

aralashmasi 

(xitoycha 

uslubda)

300 g

600 Vt 7½-8½

2-3

15 ml (1 osh 

qoshiq) sovuq 

suv qo'shing.

CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd   36

2014-07-16     4:42:47

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150
151
152
153
154
155
156
157
158
159
160
161
162
163
164
165
166
167
168
169
170
171
172
173
174
175
176
177
178
179
180
181
182
183
184
185
186
187
188
189
190
191
192
Оглавление инструкции

Document Outline