O'zbek - 6
MIKROTO'LQINLI PECHNI O'RNATISH
Pechni poldan taxminan 85 sm balandlikda yassi tekis
yuzaga o'rnating. Yuza pechning og'irligini xavfsiz
darajada ko'tarishi uchun yetarlicha mustahkam bo'lishi
kerak.
1.
Pechni o'rnatish paytida, pechning
orqa va yon devorlari uchun kamida
10 sm (4 dyuym), ustki qopqog'i uchun
20 sm (8 dyuym) joy qoldirish bilan
pech uchun normal ventilyatsiya borligiga ishonch
hosil qiling.
2.
Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni chiqarib
oling.
3.
Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating. Patnis
erkin aylanayotganligini tekshiring.
(Faqat aylanuvchi patnisga ega bo'lgan modellar)
4.
Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan
osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda
joylashtirilishi kerak.
Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, u ishlab
chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli
agenti yoki o'xshash malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak. Shaxsiy xavfsizligingiz uchun
elektr kabeli vilkasini muvofiq o'zgaruvchan tok
tarmog'ining yerga tutashtirilgan rozetkasiga ulang.
Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan,
oddiy oshxona plitasi yoki isitish radiatori yoniga
o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan quvvatni
inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech
bilan birga yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi
shu standartiga mos kelishi kerak. Mikroto'lqinli
pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini
va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.
MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat
zarrachalari to'planishining oldini olish uchun uning
quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:
• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik
(Faqat aylanuvchi patnisga ega bo'lgan modellar)
HAR DOIM
eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va
eshikchaning zich yopilishini nazorat qiling.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining
buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning
xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va
xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
1.
Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq
sovunli suv bilan tozalang. Yuvib tashlang va arting.
orqadan
10 sm
yuqoridan
20 sm
yon tomondan
10 sm
poldan
85 sm
CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd 6
2014-07-16 4:42:34